09:20 / 17.06.2015
2237

Italiya terma jamoasi Konte boshchiligida ilk bor mag‘lubiyatli o‘yinini o‘tkazdi

Italiya terma jamoasi 16 iyun kuni Jyeneva shahrida Portugaliya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning 52 daqiqasida Eder tomonidan urilgan gol yakuniy natijani ta'minladi.

Shu tariqa, 2014 yilning 14 avgustidan beri, ya'ni terma jamoaga Antonio Konte bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri Italiya termasi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Qolaversa, o‘sha vaqtdan beri italiyaliklar ilk marta o‘yinda gol ura olishmadi.

Ma'lumot uchun, "moviy gvardiya" shu vaqtgacha Konte boshqaruvida 10ta o‘yin o‘tkazgandi.

Italiya — Portugaliya 0:1
Gol: Eder, 52

Italiya: Sirigu, De Shilo (Paskual, 73), Bonuchchi, Ranokkya, Darmian, Soriano (Vaskes, 58), Pirlo, Kandreva (Gabbyadini, 64), Bertolachchi (Parolo, 76), El Shaaravi (Sansone, 68), Immobile (Matri, 73)

Portugaliya: Betu, Viyeyrinya (Sedrik, 46), Fonte, Bruno Alvesh (Karrisu, 59), Koentrau (Elizeu, 24), Tyagu (Adriyen Silva, 46), Moutino, Danilo Pereyra, Kuarejma (Pitstsi, 87), Varela (Nani, 76), Eder

Ogohlantirishlar: Soriano, Bertolachchi — Elizeu, Adriyen Silva

Top