Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalining birinchi bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Braziliya hamda Senegal jamoalari kuch sinashdi. Uchrashuv braziliyalik yoshlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi finalchi nomi Serbiya va Mali yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvda hal bo‘ladi. O‘yin bugun 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 12:30da boshlanadi.
JCh-2015 (U-20)
1/2 final
Braziliya U-20 – Senegal U-20 5:0 (4:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5, avtogol Korrea, 2:0 – 7 Markos Gilerme, 3:0 – 19 Boshilya, 4:0 – 35 Jorjye, 5:0 – 78 Markos Gilerme.
Braziliya U-20 – Jan, Joao Pedro (Rodrigo, 79), Lukao, Jorjye (Kaju, 46), Boshilya, Marlon (Leo Pereyra, 64), Danilo, Alef, Markos Gilerme, Gabriel Jyezus, Jan Karlos.
Senegal U-20 – Si, Korrea, Silla, Vage, Sisse, Gomis, Ndiay (Nyang, 61), Sarr, Nassalan, Tiam (Vadji, 86), Kone (Ba, 47).
Ogohlantirishlar: Sisse (2), Jorjye (37), Gomis (66), Sarr (69), Vage (90).
Chetlatish: Sisse (44).