12:34 / 17.06.2015
1638

Mozambik termasi bosh murabbiyi Afrika Kubogi-2017 saralashidagi ilk mag‘lubiyatdan keyinoq ishdan bo‘shatildi

Mozambik terma jamoasi bosh murabbiyi Joau Chissano Afrika Kubogi-2017 saralashining 1-turidan o‘rin olgan Ruandaga qarshi o‘yindan keyinoq iste'foga chiqarildi.

Ushbu o‘yinda Chissano shogirdlari atigi 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi.

2013 yildan beri Mozambik termasini boshqarib kelgan Joau Chissano o‘rniga Elder Muianga termani boshqaradigan bo‘ldi.

Top