00:11 / 17.06.2015
5636

NATOning Belarus chegarasi yaqinidagi “namoyishkorona faolligi” Lukashenkoni tashvishlantirmoqda

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko NATOning Belarus chegaralari yaqinidagi harakatlaridan tashvishlanayotganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“NATO avvalambor bizning chegaralarimiz yonida muntazam namoyishkorona ravishda o‘zining faolligini namoyish qilib keladi. Bu faollik bizni tashvishlantirmasdan qolmaydi”, deb aytildi Lukashenko matbuot xizmatida.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Minsk NATO bilan tenghuquqlik va ochiq-oydinlik tamoyillarida kosntruktiv suhbatga tayyorligini aytgan edi.

Top