07:11 / 17.06.2015
2415

Nyu-Yorkda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan talaba qo‘lga olindi

Nyu-Yorkda "IShID" nomidan terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan kollej talabasi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda CBS telekanali.

Qayd etilishicha, Nyu-Yorkning Kvins tumanida yashovchi 20 yoshli Muntar Umar Saloh 2015 yilning iyun oyi boshida qo‘lga olingan. Tergov o‘smirning portlashni amalga oshirishni tayyorlagan bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lumotlarga ega.

Terrorchilikda gumon qilinayotgan Saloh uning internetdagi faolligi tufayli aniqlandi. Ta'kidlanishicha, gumondor “Al-Qoida”ni qo‘llab-quvvatlashi va Texasda payg‘ambarga hajviy suratlar ko‘rgazmasida yuz bergan otishmani ma'qullashini aytgan.

Salohning fayllarida bomba tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda ayblov tomonidan “terakt uchun tanlangan nishonlar” deb atalgan Nyu-Yorkning diqqatga sazovor joylari haqidagi ma'lumotlar topilgan.

Avvalroq Federal qidiruvlar byurosi "IShID" tarafdorlari tomonidan AQShda terakt tayyorlanayotgani haqida ma'lumot olgani ma'lum qilingandi.

Top