12:42 / 17.06.2015
2693

Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi iste'foga chiqdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) bosh kotibi, malayziyalik mutaxassis Aleks Susey mansabini tark etdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
May oyida Susey tashkilotning moliyaviy ma'lumotlarini yashirishda ayblanib, ishdan vaqtinchalik chetlashtirildi. Endilikda u butunlay iste'foga chiqarildi.
AFC’ning sobiq prezidenti, qatarlik Muhammad bin Hammam ushbu lavozimga saylanishda ovozlarni sotib olganlikda ayblanib FIFAdan butunlay chetlashtirilgan edi. 2012 yili Susey bin Hammamning moliyaviy faoliyatidagi nuqsonlarni berkitishda ayblangandi.
“AFC Suseyga tashkilot strukturasidagi 20 yillik faoliyati davomida Osiyo futboliga sodiq qolgani uchun minnatdorchilik bildiradi va kelajakda unga muvaffaqiyat tilab qoladi”, – deyiladi tashkilot bayonotida.
Bosh kotib vakolatini yangi saylovlarga qadar Suseyning o‘rinbosari Vindzor Jon bajarib turadi.

Top