16:44 / 17.06.2015
3306

Rossiya Dumasi Xitoyga Sibir yerlarini ijaraga berish haqidagi kelishuvni ma'qulladi

Rossiya Davlat Dumasi vakillari Sibirdagi qishloq xo‘jaligi yerlarini XXR kompaniyalariga ijaraga berish haqidagi taklifni ijobiy baholadi. Dumaning agrar masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Nikolay Pankovning fikriga ko‘ra, bu jarayon davlatning nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
“Soliqlar to‘la hajmda to‘lanishi lozim, yangi ish joylari yaratish bo‘yicha dastur bo‘lishi lozim”, – uning so‘zlarini keltiradi “Govorit Moskva” resursi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, Rossiyadagi qishloq xo‘jaligi yerlarining 40 foizidan foydalanilmayapti.

Top