17:53 / 17.06.2015
4586

Tbilisi hayvonot bog‘idan qochib ketgan arslon bir odamni o‘ldirdi

Toshqin paytida Tbilisi hayvonot bog‘idan qochib ketgan arslon bir erkak kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar beradi France-Presse agentligi.
“Gruziya-Online” portalining ma'lum qilishicha, erkak omborxona egasi bo‘lib, arslon shu yerda berkinib olgan. Erkak binoga kirishi bilan yirtqich unga hujum qilgan.
Ayrim guvohlarning fikricha, erkakka hujum qilgan yirtqich arslon emas, balki yo‘lbars bo‘lgan.
Shuningdek, hayvonot bog‘idan qochib ketgan pingvin Ozarbayjonga qadar suzib borgani aytildi.

Top