12:32 / 17.06.2015
2251

Toshkentda gaz tarmog‘ining sobiq xodimi fuqarolardan eski qarzdorlik ro‘yxati bo‘yicha pul undirib yurgani aniqlandi

1993 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, gaz ta'minoti bo‘limining sobiq xodimi Maksim Grigorev firibgarlikda ayblanib jazoga tortildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u ishlagan paytidagi eski qarzdorlik ro‘yxatlari asosida Chilonzor tumanidagi uylarga borib, shu asosda odamlardan pul undirib yurgan. Jumladan, A. Meliyevga 882 ming so‘m, O. Abdurasulovdan 400 ming so‘m olgan. Bundan tashqari, A. Meliyev gaz plitasini balkonga chiqargani bois undan yana 400 ming so‘m “jarima” undirgan. Bu operatsiyalarning barchasini Grigorev soxta kvitansiyalar bilan “rasmiylashtirgan”.
Bir kuni Meliyevning xonadoniga haqiqiy gaz ta'minoti xodimlarining kelishi bilan firibgarlik oshkor bo‘ldi. Soxta kvitansiyalar ichki ishlar boshqarmasiga topshirildi. Huquqbuzar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortildi.

Top