14:39 / 18.06.2015
3424

Arnold Shvartsenegger Tyusso xonim muzeyida mum nusxasi o‘rnida o‘zi turdi

Arnold Shvartsenegger “Terminator” filmining yangi, 5-qismi premerasi oldidan o‘zining filmdagi qahramoni qiyofasidagi grim bilan ko‘chalar bo‘ylab sayr qilib, muxlislar bilan suhbatlashdi va hattoki, Tyusso xonim muzeyida mum nusxasi o‘rnida o‘zi turdi. Muzeyga kelgan tashrif buyuruvchilar Shvartseneggerni mum nusxasi deb o‘ylab u bilan suratga tushayotganlarida, Arni birdan qimirlay boshlaganda ular avval cho‘chib ketdilar va bu hazil ekanligini bilgach zavqqa to‘ldi.

Ma'lumot uchun, Arnold Shvartsenegger ijrosidagi “Terminator 5: Genezis” filmi dunyo bo‘ylab 2015 yilning 26 iyunidan, AQShda esa 1 iyuldan ekranlarga chiqariladi. Filmga NVO telekompaniyasi uchun “Soprano klani”, “Taxt o‘yinlari” (“Igra prestolov”) kabi o‘ndan ortiq mashhur seriallarni suratga olgan rejissyor Alan Teylor rejissyorlik qilgan.

Top