08:28 / 18.06.2015
3886

Friskening turmush o‘rtog‘i xonandaning o‘limidan avval xorijga safarini tasodif deb atadi

Janna Friskening turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelyov xonandaning o‘limi oldidan xorijga ketganini tasodif deb atadi. Bu haqda Super.ru portali xabar bermoqda.

“Ayanchli tushunmovchilik, tasodif sodir bo‘ldi, men buni qanday atashni ham bilmayman. Men ehtimol umrimning oxirigacha bunday bo‘lganidan afsuslansam kerak. Hech qanday qochish yoki Jannadan bolani tortib olish haqida gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas”, deb aytdi Shepelyov.

Avvalroq Shepelyov xonandaning o‘limidan 2 kun avval o‘g‘li bilan Bolgariyaga jo‘nab ketgani ma'lum qilingandi. Xonanda ota-onasi, singlisi va dugonasi Olga Orlova qurshovida hayot bilan vidolashgan.

Top