Milliy basketbol uyushmasining "Golden Steyt Varriors" va "Klivlend kavalers" basketbol jamoalari o‘rtasidagi final seriyasi o‘z nihoyasiga yetdi. “Jangchilar” o‘z raqiblari “kavalerlarga” ikki o‘yinni boy berib, 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan holda, 1975 yildan beri ilk bor bu unvonni qo‘lga qiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Oxirgi o‘yinda 97:105 hisobida “Golden Steyt” basketbolchilarining qo‘li baland kelib, seriyadagi umumiy hisob “jangchilar” foydasiga 4:2 hisobi bilan yakunlandi. O‘yinning eng samarali o‘yinchisi 32 ochko yiqqan “Klivlend” basketbolchisi Lebron Jyeyms bo‘ldi.