15:58 / 18.06.2015
2198

"Jyeyms Bond" taqqan soat auksionda 269 ming dollarga sotildi

Mashhur agent 007 haqidagi suratga olingan ilk filmdagi foydalanilgan Rolex Submariner modelidagi 1957 yilda ishlab chiqarilgan soat Nyu-Yorkdagi Christies auksionida 269 ming dollarga sotildi.

Christies uyining yozishicha, Rolex Submariner 6538 modelli soati 60-100 ming dollar atrofida baholangandi. Biroq auksion davomida u kutilganidan to‘rt barobar qimmatrog‘iga pullandi.

Rolex Submariner 6538 1957 ishlab chiqarilgach, josus Jyeyms Bond haqidagi ilk kinokartina «Doktor Nou» filmida ilk marotaba qo‘llanilgandi. Unda bosh rolni ijro etgan aktyor Shon Konneri Rolex Submariner soatining qora-kulrang remeshkalisini taqib suratga tushgandi. Auktsionga esa ushbu modelning po‘lat brasletli turi qo‘yilgandi. Mazkur soat o‘sha paytlarda 100 metr chuqurlikdagi suvga ham chidamli ilk soat sifatida tarixga kirgan.

Top