10:13 / 18.06.2015
2411

Kolumbiyaga qarshi o‘yinda Neymarga Bakka bilan janjallashgani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar va Kolumbiya terma jamoasi hujumchi Bakka ikki terma jamoaning Amerika kubogi-2015 doirasidagi uchrashivi oxirida urishib ketishdi.

O‘yinga yakun yasovchi hakam hushtagi chalingach, Neymar mag‘lubiyat alamiga chiday olmasdan to‘pni raqib futbolchisi Pablo Armeroning ko‘ksiga qarata tepgan. Bu vaziyatda o‘z sherigini himoya qilish uchun yetib kelgan Bakka va Neymar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Hakam esa ularning har ikkisiga qizil kartochka ko‘rsatgan.

Endi Neymar guruhning uchinchi o‘yinida Venesuelaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bakka esa Peruga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

Top