12:33 / 18.06.2015
2345

Milliarder Ilon Mask tovushdan tezroq harakatlanuvchi poyezd yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qildi

Tesla i SpaceX kompaniyalari asoschisi, AQShlik milliarder va olim Ilon Mask Los-Anjyeles va San-Frantsiskoni bog‘lovchi tovush tezligidan tezroq harakatlanuvchi poyezdni yaratish Hyperloop loyihasini qayta tiklashga qaror qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Shu munosabat bilanMask quvur ko‘rinishidagi yo‘ldan tovushdan tezkroq harakatlanuvchi kapsula ko‘rinishidagi vagonlarni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qildi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan yaratilgan vagonlarni sinovdan o‘tkazish uchun 1,5 km lik maxsus sinov treki quriladi. Tanlovga topshiriladigan kapsulalar aslining yarmi ko‘rinishida topshiriladi.

Loyihada yutgan vagon sinovdan o‘tkazilgandan keyin u asl o‘lchamlarida quriladi. Ishtirokchilar 15 sentabrgacha tanlab olinadi, sinovlar esa keyingi yilning iyunida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu tovushdan tez harakatlanuvchi kapsulalarning haqiqiy poygasi bo‘lishi aytilmoqda.

Tanlovda istalgan tadqiqotchilar guruhi ishtirok etishi mumkin.

Hyperloop transport tizimi loyihasi haqida 2003 yilda ma'lum qilingandi. Mask o‘shanda Los-Anjyeles va San-Frantsisko shaharlarini bog‘lovchi uzunligi qariyb 650 km ni tashkil qiladigan quvurni qurishini aytgan edi. Yangi poyezd aynan shu quvur orqali harakatlanib, bir shahardan ikkinchisiga bor-yo‘g‘i yarim soatda yetib olishi taxmin qilinmoqda.

Top