08:07 / 18.06.2015
2150

O‘zbekiston “O‘zekspomarkaz”ning 38,3 foiz aksiyalarini xorijiy investorlarga sotmoqda

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tegishli “O‘zekspomarkaz” AJning 38,3 foiz aksiyalarini xorijiy investorlarga sotishni rejalashtirmoqda.

Bu holat O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zida tutilgan.

O‘zekspomarkaz 44,6 gektar hududni egallab, 14 ming kvadrat metr maydonga ega 4ta pavilon va 7 ming kvadrat metrga yaqin ochiq ko‘rgazma maydonlarini o‘z ichiga oladi.

Ko‘rgazmalar majmuasi hududida har yili 50dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etilib, ularda Yevropa, Osiyo, Amerika va Okeaniyaning bir qator davlatlaridan 3 mingdan ziyodroq firma va tashkilotlar ishtirok etadi.

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma pavilonlari, Akvapark, “Toshkentlend” ko‘ngilochar bog‘i, Yapon bog‘i, kanat yo‘li, 7ta restorandan tashkil topgan. Uning hududida “Ekspo” mehmonxonasi va Xalqaro savdo markazi joylashgan.

Ma'lum bo‘lishicha, xorijiy hamkorga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tegishli yana bir tuzilma – “Xalqaro biznes markazi” AJ ning 29,9 foiz aksiyasi ham taklif etildi.

Top