21:45 / 18.06.2015
1535

O‘zbekiston TIVda O‘zbekiston hamda Fransiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi

2015 yilning 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Fransiya senatori, “Fransiya – Markaziy Osiyo” Do‘stlik guruhi a'zosi Joel Garrio-Meylam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalombor O‘zbekiston va Fransiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Joel Garrio-Meylam Fransiya Senatida “Fransiya – Markaziy Osiyo” Do‘stlik guruhi faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida, qator tadqiqot muassasalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralardan olgan taassurotlartini so‘zlab berdi.
Uchrashuvda Fransiya Elchisi Jak-Anri Els ishtirok etdi.

Top