19:54 / 18.06.2015
2134

Putin yaqin ikki yil ichida energiya resurslari narxi o‘zgarishsiz qolishini aytmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin vujudga kelgan geosiyosiy sharoitlarda energiya resurslarining narxi 1-2 yil davomida o‘zgarishsiz qolishini ma'lum qildi.

“Uglevodorodlar bozori qanday rivojlanishini taxminan aytish mumkin: agar qandaydir noodatiy hodisa ro‘y bermasa, bu bozor shunday narx bilan yaqin 1-2 yil ichida davom etadi”, deb aytdi Putin Rossiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv davomida.

Top