12:59 / 18.06.2015
2048

Sankt-Peterburgda iqtisodiy forum boshlandi

18 iyun kuni XIX xalqaro Peterburg iqtisodiy forum boshlandi. Unda Rossiya iqtisodiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillari ishtirok etadi.

Tadbirning birinchi kunidagi sessiyalarda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, “Fuqarolik tashabbuslari qo‘mitasi” rahbari Aleksey Kudrin, Rossiya Sberbanki rahbari German Gref, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov, moliya vaziri Anton Siluanov, Rossiya banki raisi Elvira Nabiullina, bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, “Rosnano” rahbari Anatoliy Chubays, “Skolkovo” prezidenti Viktor Vekselberg va boshqalar chiqish qilishi kutilmoqda.

Top