17:23 / 18.06.2015
1452

"Shalke-04" TsSKA futbolchisi SHCHennikovni sotib olishi mumkin

Moskvaning TsSKA jamoasi a'zosi Georgiy SHCHennikov Germaniyaning "Shalke" jamoasi yozgi transferlar vaqtida xarid qilishni mo‘ljallagan futbolchilarning qisqartirilgan ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda "Chempionat.com" nashri Gilzenkirxendagi ishonchli manbasiga asoslanib, xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, nemislar jamoasi bu himoyachining o‘yinlarini bir yarim yildan buyon kuzatib kelmoqda va shu yilning yozidagi transferlar oynasi vaqtida uni xarid qilishni rejalashtirgan.

24 yoshli SHCHennikovning TsSKA bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar imzolangan.

Transfermarkt nashri bu futbolchining transfer qiymatini 6 mln yevro qilib belgilagan.

Top