14:06 / 18.06.2015
2448

Turkmanistonga sigaretlar va spirtli ichimliklar olib kirish qoidalari kuchaytirildi

Turkmanistonda jismoniy shaxslarga mamlakat hududiga sigaretlar va spirtli ichimliklar olib kirish qoidalari kuchaytirildi, deb xabar bermoqda “Turkmaniston salnomasi” nashri.

Turkmanistonga kirayotgan mamlakat fuqarolari va xorijliklar endilikda o‘zlari bilan faqatgina ikki pachka sigaret va bir litr spirtli ichimlik olib o‘tishlari mumkin.

May oyida Turkmanistonga 10 pachka sigaret va 5 litr spirtli ichimlik olib kirish mumkin edi. Odamlar xorijiy aeroportlarda, jumladan Istanbulda “Duty Free” do‘konlari tarmog‘idan bu mahsulotlardan xarid qilib, bemalol Turkmanistonga olib kira olishardi.

Bu xorijdan mayda partiyadagi mahsulotlar olib kiruvchilar uchun qo‘shimcha pul topish manbai ham edi.

Ashxobod aeroportida bu cheklovlar haqida hech qanday e'lon va ogohlantirishlar ham qilinmagan va bu cheklov amal qilishni boshlagan dastlabki kunlarda avvalgidek miqdorda sigaret va spirtli ichimliklar olib kirayotganlardan ular musodaraa qilingan.

Buning oqibatida mamlakatda sigaret narxlari ko‘tarilib ketdi.

Top