12:01 / 19.06.2015
1430

“Barselona” prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri klubga Kruiffni qaytarishni istashini aytdi

“Barselona” prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Toni Freysha keyingi oyda bo‘lib o‘tadigan klub prezidenti lavozimiga saylovlarda g‘olib bo‘lsa, amalga oshiradigan loyihalari bilan o‘rtoqlashdi. Freysha, xususan, klubning sobiq murabbiyi, afsonaviy golland futbolchisi Yoxan Kruiffni katalon klubiga qaytarish istagida ekanligini aytdi.

“Men “Barsa”ga Kruiffni qaytirishni istardim. U klubdagi loyihalarning rivojlanishini kuzatuvchi mutaxassislar qo‘mitasiga qaytsa yaxshi bo‘lardi. Bundan tashqari, biz o‘zimizga har yili 180 mln yevroga futbolchilar sotib olishga imkon berolmaymiz”, – deb aytmoqda Freysha.

Freysha “Barselona”da avval klub direktorlar kengashi kotibi lavozimini egallagan.

“Barselona” prezidenti lavozimiga saylovlar 18 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Top