17:58 / 19.06.2015
3174

Alibaba’ning bitta bo‘limi 45 mlrd dollar turishi aytildi

Internet gigant Alibaba’ning (Xitoy) onlayn to‘lovlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi Ant Financial 45-50 mlrd dollarga baholandi. Bu haqda The Financial Times gazetasi xabar beradi.
Baholash ishlari moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlarni o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Ant Financial Alipay to‘lov servisining operatori hisoblanadi. 2014 yil oxiriga qadar, 12 oy davomida u 778 mlrd dollarlik operatsiyalarni amalga oshirdi. Bu dunyodagi onlayn bozorning 30 foizini tashkil qiladi – 2014 yili bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha 2.5 trln dollarni tashkil qilgan.
Bu PayPal’ning shu davrdagi ko‘rsatkichlaridan uch barobar ko‘proqdir.

Top