09:43 / 19.06.2015
2039

Floyd Meyvezer Oskar De La Xoyyaga revansh jang o‘tkazishni taklif qildi

Boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg gacha) uchta versiya bo‘yicha jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘zining bokschilik faoliyatini tugatgan 42 yoshli Oskar De La Xoyyaga revansh jangi o‘tkazishni taklif qildi.

“Oskar revansh o‘tkazishni istayotganini aytibdi. Agar bu haqiqatda shunday bo‘lsa, unda biz sentabrda jang o‘tkazishimiz mumkin”, demoqda 38 yoshli chempion.

De La Xoyya 2009 yilda Menni Pakyaoga qarshi jangda texnik mag‘lubiyat bilan yutqazgandan keyin o‘z faoliyatini tugatishga qaror qilgandi. De La Xoyya faoliyatini tugatgandan keyin boshqa ringga qaytmaslikka va'da bergan edi va barcha e'tiborini o‘ziga tegishli promouterlik kompaniyasi Golden Boy`ga qaratgan edi. Ayni paytda ushbu kompaniya bilan 70 ga yaqin bokschi shartnoma imzolagan, ular ishtirokidagi janglar AQShning eng yirik telekanallari – Showtime, HBO, NBC va ESPN`da namoyish etib boriladi.

Bokschilar orasidagi birinchi jang 2007 yilda Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan. Bukmekerlar Oskarning imkoniyatlarini juda past baholaganlariga qaramasdan, bokschi ko‘pchilik uchun kutilmaganda munosib jang ko‘rsatib, Meyvezerga faqatgina ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu jang boks tarixidagi eng yaxshi janglardan biri deb topilib, jangdan keyin Los-Anjyelesda “Steypls Tsentr” arenasi yonida De La Xoyyaga haykal o‘rnatilgan edi.

Top