06:08 / 19.06.2015
1204

Liberiya futbol uyushmasi rahbari FIFA prezidentligi uchun saylovga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

Liberiya futbol uyushmasi boshlig‘i Musa Biliti 2015 yilning dekabrida o‘tkazilishi kutilayotgan FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etish niyatida ekanini e'lon qildi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar bergan.

"Hammamiz ko‘rib turibmizki, futbol qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bunday davrda esa futbolga buyuk rahbar kerak.
Afrika - FIFAning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Biz bu mas'uliyatli ishni zimmamizga olishga tayyormiz", deydi Biliti.

Ma'lumot uchun, biliti 2010 yildan buyon Liberiya futbol uyushmasini boshqarib kelmoqda.

Top