15:02 / 19.06.2015
1984

Parhezshunoslar oyiga besh kun ovqatdan dam olish qarishni sekinlashtirishini aytdi

Janubiy Karolina universiteti olimlarining fikricha, oyiga besh kun iste'mol qilinayotgan ovqat hajmini 34-54 foizga tushirish qarishning sekinlashuviga olib keladi. Shuningdek, bu xotirani, yurak va qon tomirlarining ishlashini yaxshilab, saraton va diabet kelib chiqishi ehtimolini kamaytiradi. Tadqiqotning to‘la matni universitet saytiga joylashtirilgan.

Olimlar sichqonlarda tajribalar o‘tkazib ko‘rishdi. Doimiy ravishda cheklanmagan miqdorda kaloriyalar iste'mol qilgan sichqonlar oyiga besh kun parhezga kiritildi. Buning natijasida ularning sog‘lig‘i ancha yaxshilanib, qarish jarayoni sekinlashgan.
Maqolada aytilishicha, tajribalarda olingan natijalar odamlarda ham tekshirib ko‘rilgan. Shu bilan birga, kaloriyalar cheklanadigan kunlari miqdorni belgilab berilgan 34-54 foizdan kamaytirish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Top