Peterburg politsiyasi xodimlari O‘zbekistonda odam savdosida ayblanib qidirilayotgan odamni qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy matbuot orqali ma'lum bo‘ldi.
Aytilishicha, 28 yoshli jinoyatchi asli farg‘onalikdir. U O‘zbekistonning o‘zida ham qidiruvga berilgan. Ayni paytda uni O‘zbekistonning tegishli organlariga topshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.