08:31 / 19.06.2015
1961

Puyol "Barselona" prezidentligiga nomzodlardan kimnidir alohida qo‘llamayotganini aytdi

"Barselona" jamoasining sobiq futbolchisi Karlos Puyol o‘zining bo‘lajak saylovlar arafasida Joan Laportaning kampaniyasida ekanligi haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.
 
Biroz oldinroq, jamoa prezidentligi uchun saylovda ishtirok etayotgan nomzodlardan biri Joan Laporta o‘zi g‘alaba qozonadigan taqdirda Puyolni jamoa sport direktori sifatida tayinlashini aytgandi.
 
"Men nomzodlardan birining jamoasi tarkibida harakat qilayotganim yo‘q. Joan Laportaning chiqishiga keladigan bo‘lsak, biz u bilan birga avval ishlaganmiz va yaxshi munosabatlarga egamiz. Aytishim mumkinki, jamoaga yordam berish uchun hamisha tayyor turaman.
Ayni vaqtda oldimda bir qancha loyihalar turibdi. Ulardan birini tanlashim kerak", deydi Puyol.
Top