14:27 / 19.06.2015
1760

Rossiyaning Belgorod viloyati qo‘lga olingan geroin sotuvchi guruh a'zolari ichida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani aytildi

Belgorod viloyat tergov boshqarmasi xodimlari geroin savdosi bilan shug‘ullanib kelgan uch kishidan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Boshqarma tezkor xizmati boshlig‘i Igor Nechiporenkoning Interfaks agentligiga bergan ma'lumotlariga qaraganda, guruh a'zolaridan biri O‘zbekiston fuqarosidir.
Guruh a'zolarining yonidan hamda maxfiy joylaridan chiqqan geroinning umumiy miqdori 1.5 kg ni tashkil qildi. Guruh a'zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi maxfiy joylar yaratish bilan shug‘ullangan.

Top