23:15 / 19.06.2015
2562

S&P agentligi O‘zbekiston bank sektoridagi ijobiy o‘zgarishlarni qayd etdi

O‘zbekiston Markaziy bankida Standard & Poor’s xalqaro reyting agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston tijorat banklariga xalqaro reyting berish va ularni tasdiqlash masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekistonda bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar oxirgi 5 yil ichida banklarning umumiy kapitalini 2 marta o‘sishini ta'minlashga imkon bergani, shu bilan birga oxirgi yil ichida o‘sish 25 foizni tashkil qilgani aytildi. Bank tizimi kapitali yetarliligi darajasi deyarli 24 foizni, ya'ni xalqaro standartlardan (8 foiz) deyarli 3 marta ko‘proqni tashkil qildi.

Anjumanda bank tizimidagi bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar va Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan samarali bank nazorati, jumladan aktivlar sifatining doimiy monitoringi, kredit portfeli diversifikatsiyasi, kapital yetarliligi va likvidligi ko‘rsatkichlari O‘zbekiston tijort banklarining barqaror faoliyat yuritishiga zarur sharoitlarni yaratayotgani qayd etildi.

Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda va o‘z vaqtida Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyalariga muvofiq holda ilg‘or xorijiy tarjribalar asosida bank nazorati takomillashtirib borilayotgani aytib o‘tildi.

Top