22:02 / 19.06.2015
2510

Shuvalov prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirish haqidagi taklifga o‘z munosabatini bildirdi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Igor Shuvalov Forbes nashriga bergan intervyusida prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirish g‘oyasiga qarshilik bildirdi.

“Biz Rossiyamiz, Qozog‘iston emasmiz. Va o‘zimizning siyosatiy udumlarimizga mos holda ishlaymiz”, deb aytdi Shuvalov.

Shuvalovning aytishicha, u parlament saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirish haqidagi bahs-munozarlarni oddiy “saylovchi” sifatida e'tibor bilan kuzatayotganini hamda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida zarurat yo‘qligini aytdi.

Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumanidagi nutqida yangi islohotlar dasturiga “ishonch mandatini” olish uchun saylovlarni boshqa muddatga ko‘chirishni taklif qilgan edi.

Top