17:48 / 19.06.2015
1564

Tojmahalda bepul Wi-Fi ishga tushirildi

Dunyodagi eng mashhur tarixiy obidalardan biri bo‘lmish Tojmahal majmuasi hududida bepul Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
XVII asr yodgorligi hududida internet xizmatlarini Bharat Sanchar Nigam davlat kompaniyasi ko‘rsatadi. Majmuaga tashrif buyurgan sayyohlar yarim soat davomida internetdan bepul foydalana oladi, undan keyin esa pulli internet ishga tushadi.

Top