11:50 / 19.06.2015
2198

Yangiyo‘lda noqonuniy yoki huquqbuzarlik bilan ish boshlagan korxonalarga huquqiy yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida noqonuniy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning faoliyatiga qonuniy tus berilishi natijasida turli xildagi xalq iste'mol mollarini ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi 42 xo‘jalik yurituvchi sub'yekt davlat ro‘yxatiga olinib, 57ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu haqda SVOJJDLQK departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Jamolov ma'lumot berdi.

Jumladan, ro‘yxatdan o‘tmasdan, noturar joyda parranda go‘shti yetishtirish bilan xufiyona shug‘ullanib kelgan F. Fayzullayevga huquqiy ko‘mak va amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida noqonuniy ferma “E'zoz omad fayz” oilaviy korxonasiga aylantirilib, bu joyda 15 kishi ish bilan ta'minlandi.

Yashirin ravishda kulolchilik bilan shug‘ullanib kelgan M. Mirzaboyevning sexi o‘rniga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yekti tashkil etildi. U davlat ro‘yxatidan o‘tib, bankdan kredit mablag‘i oldi. Tadbirkor bank krediti yordamida o‘z faoliyatini yanada takomillashtirib, qisqa muddat ichida kulolchilik bilan birga haykaltaroshlik mahsulotlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Top