11:31 / 20.06.2015
1444

“Real” Edegorni ijaraga bermaydi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites yarim himoyachi Martin Edegorga keyingi mavsum imkoniyat bermoqchi.
16 yoshli norvegiyalik futbolchi “Real” tarkibida Avstraliya va Xitoy turnesiga boradi. U asosiy jamoa bilan ishlab, o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ilgariroq Edegor ijaraga berib yuborilishi aytilayotgan edi, ammo Benites bu axborotni inkor qildi.

Top