14:29 / 20.06.2015
2671

Alibaba va Yandeks asoschilari Sankt-Peterburgda uchrashdi

Xitoyning internet-savdo giganti Alibaba rahbari Jyek Ma Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Yandeks servisining asoschisi Arkadiy Voloj bilan uchrashdi. Ikki biznesmen kelajakdagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
“Biz bir-birimizni ko‘pdan beri bilamiz. Kelajakda birgalikda loyihalar yuritishimiz mumkin”, – dedi Ma TASS agentligiga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, Yandeks o‘tkazadigan tadqiqotlar katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.
Ilgariroq Jyek Ma Rossiya bozoriga kirish imkoniyatini qidirayotganini aytgandi. Alibaba 2016 yildayoq Rossiya kompaniyalari bilan shartnomalar imzolashi mumkin.

Top