12:51 / 20.06.2015
1884

Boliviya Chilidan besh gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, Amerika Kubogining pley-off bosqichiga chiqdi

Amerika Kubogi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Boliviya Chili terma jamoasidan o‘z darvozasiga beshta javobsiz to‘p o‘tkazib yubordi.

Chililiklardan Charles Arangis ikkita, Aleksis Sanches va Gari Medellar bittadan gol urishdi. O‘yin yakunida Boliviya himoyachisi Ronald Raldes avtogol muallifiga aylandi.
Shunga qaramay, har ikkala jamoa ham turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Top