15:11 / 20.06.2015
7395

Putin: Rossiya Gaaga sudining vakolatini tan olmaydi

Rossiya negaki Yevropa energetika xartiyasi ishtirokchisi bo‘lmagani uchun Gaaga sudining vakolatini tan olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

“Bu ishlarga kelsak, pozitsiyamiz aniq: bunday ishlarda Gaaga hakamlik sudi faqatgina Yevropa energetika xartiyasini imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlarga nisbatan o‘z vakolatlarini qo‘llay oladi”, – uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.
“Rossiya bu xartiyani ratifikatsiya qilmadi, shu bois biz bu sud instansiyasining yurisdiksiyasini tan olmaymiz”, – qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.

Top