18:02 / 20.06.2015
14662

Qizaloqni otasi halok bo‘lgan avtohalokatga qaramasligi uchun chalg‘itib turgan politsiyachining rasmi internetda mashhur bo‘ldi

18 iyun kuni AQShning Kolorado Brayton shahrida sodir bo‘lgan mudhish avtohalokat natijasida haydovchi halok bo‘ldi. Mashina ichida ota, ona va 4 nafar farzand bo‘lgan. Mashinani boshqarib ketayotgan ota voqea joyida vafot etgan, 3 nafar bola va ularning onasi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Oilaning eng kichik a'zosi bo‘lgan qizaloq omon qolgan. Qutqaruv xizmati uning boshqalarga yordam ko‘rsatguniga qadar, politsiyachilardan biri qizaloqni ovuntirib, uni diqqatini chalg‘itishga harakat qilgan. U, go‘yoki hech narsa bo‘lmaganidek, go‘dakni erkalatib, xursand qilishga intilgan. Bu sahna qayd qilingan fotosurat internetga joylashtirildi va ko‘plab foydalanuvchilarning ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi.

Top