17:08 / 20.06.2015
2884

Yaman poytaxtida yana portlash sodir etildi

Yaman poytaxti Sanodagi masjidlardan birining yaqinida portlash sodir etildi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, masjid oldida qoldirilgan avtomobil portlatib yuborilgan. Qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan.
Voqea sabablari oydinlashtirilmoqda.

Top