15:10 / 21.06.2015
3518

“Yulduzlar jangi. Epizod VII: Kuchning uyg‘onishi” filmi ekranlarga chiqarilishidan oldinoq rekord o‘rnatdi

2015 yilning 18 dekabrida jahon ekranlariga chiqarilishi rejalashtirilayotgan “Yulduzlar jangi” filmining yangi qismi – “Yulduzlar jangi. Epizod VII: Kuchning uyg‘onishi” filmining treyleri internetda namoyishlar yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu natija haqida 19 iyunda Giness rekordlar kitobi e'lon qildi.
Filmning treyleri aprel oyida dastlabki 24 soat namoyishi davomida YouTube portalida 30,65 mln namoyishni to‘plagan. Hali hech qaysi bir treyler bunday katta miqdorda namoyish yig‘ishga muvaffaq bo‘lmagan.

Gollivudlik mutaxassislarning fikricha, “Yulduzlar jangi” filmining navbatdagi 7- filmiga bunday katta qiziqish bildirilishi unga moliyaviy muvaffaqiyatni kafolatlaydi. Ushbu haftaning boshiga kelib treylerning namoyishlari soni 54,2 mln ga yetdi.
Bu natija ushbu kinoserialning birinchi rekordi emas. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2012 yilda “Yulduzlar jangi”ning barcha qismlari keltirgan daromad 30,5 mlrd dollarga yetdi. Bu miqdorga nafaqat namoyishlarga sotilgan chiptalar, balki film bilan bog‘liq videoo‘yinlar, kassetalar, mahsulotlar savdosidan tushgan pullar ham kiradi. Ushbu kinoserial bu natija bo‘yicha hozirda dunyoda 1-o‘rinni egallmoqda.

Top