16:03 / 21.06.2015
1488

Amsterdamdagi Power-Gen Europe 2015 ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

Niderlandiya poytaxtida Power-Gen Europe 2015 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda zamonaviy energetika bozorining tendensiyalari va yangiliklari aks etdi.
“Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, tadbirda O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi diplomatik missiyalari vakillari ishtirok etdi. Ular Yevropaning Finmecanica, MH Power Systems Europe Systems, Helic Power, Aalborg Engineering, Exergy, AAF International, Renk, Metka, Clyde Bergrmann, M-CTI International, SPX, Bertsch, Trevimi, Citel, Kawasaki Gas Turbines singari yetakchi energetik tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ushbu kompaniyalar vakillari O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirishgani aytilmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazmada 2014 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha taqdimot uyushtirildi.

Top