11:18 / 21.06.2015
2428

Litva Ukrainaga qurol yetkazib berishni boshlashi mumkin

Litva hukumatida Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha “siyosiy istak” mavjud, deb aytdi Litvaning Ukrainadagi elchisi Maryus Yanukonis Ukrainaning “5 kanali”i efirida.
Yanukonisning aytishicha, tegishli siyosiy istak Riga tomonidan ma'lum qilindi.
“Ba'zi qadamlar allaqachon qo‘yilgan, biz kelgusida ham shunday qadamlar qabul qilamiz, jumladan Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishimiz mumkin. Bu haqda batafsil gapirish murakkabroq, biroq biz buni amalga oshirishga tayyormiz”, deb ta'kidladi elchi.

Top