21:55 / 21.06.2015
11123

Pskentda 250 yoshli anjir daraxti borligi aytildi

Toshkent viloyatining Pskent tumanida tajribali bog‘bon Abdusami Abdumavlonov tomonidan 250 yoshli anjir daraxti parvarish qilib kelinmoqda. U haqdagi lavha “Mening bog‘im” ko‘rsatuvida namoyish etildi.
Ensiklopediyalarda anjir 150-200 yil yashaydi, deb ko‘rsatiladi. Lekin, bog‘bonning ishontiricha, ushbu daraxt bundan ortiq ham yashashi mumkin.
“O‘zim 75 yoshga chiq¬qanman. Bu anjir daraxtini bobomiz ekkan va yoshi taxminan ikki yarim asrdan oshgan. Uning qachon ekilganini o‘zim ham ko‘rmaganman. Ammo uning tomiri va asosiy tanasigina shu yoshga ega. Qarigan shoxlari kesib tashlanib, yoshlari qoldirilib, yoshartirib borilaveradi. Ammo shuncha paytdan beri asrab-avaylab kelish uchun ancha mehnat ham singishi kerak, albatta. Pskentda uch-to‘rt bog‘bon anjir yetishtirardi”, – dedi bog‘bon o‘z intervyusida.

Top