22:47 / 21.06.2015
1486

Ronald Kuman: Depay uchun 31 mln yevro – qimmat narx emas

“Sautgempton” jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, hujumchi Memfis Depay “Manchester Yunayted” tarkibida o‘z o‘yinini topishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.
“Jamoa Depay uchun katta pul to‘ladi. Albatta, ular kelajakni o‘ylab ham xaridlarni amalga oshira oladi. Ular deyarli o‘ynamayotgan Di Mariya uchun shuncha pul to‘lagan ekan, Falkaoning ijarasi uchun shuncha pul to‘layotgan ekan, demak, ular uchun 31 mln yevro uncha qimmat narx emas”, – dedi mutaxassis.
Kumanning fikricha, Depay har bir uchrashuvda ishtirok etmaydi. Uning yoshligi, bundan tashqari, gollandiyalik ekanligi, murabbiyning fikri bo‘yicha, tezda sharoitga moslashishga to‘sqinlik qiladi.
Shuningdek, Kuman o‘tgan mavsumda Depayni sotib olishga harakat qilganini tan oldi.

Top