13:39 / 21.06.2015
1722

Serxio Buskets: “Barselona” istasa har yili trebl amalga oshirishi mumkin

“Barselona” futbol jamoasi yarimhimoyachisi Serxio Buskets jamoa istasa har yili trebl (bir mavsumda Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishni nazarda tutmoqda) amalga oshirishi mumkinligini aytdi.
“G‘alabalar quvonchidan aslo charchash mumkin emas. Yutgan saring yutgin kelaveradi. Bizda a'lo darajadagi o‘yinchilar, ajoyib yosh jamoa va bunday yuqori darajada ishtirok etishni yana ko‘plab yillar davom ettirishga katta imkoniyat mavjud.
Chempionlar Ligasi finalida Alves, Maskerano va Inestadan tashqari qolganlar 30 yoshdan kichiqroq edi. Juda yosh Ter Shtegen, Neymar, Alba va boshqalarning yoshi 23 dan 28 yoshgachani tashkil qiladi.
Biz istasak har yili treblni amalga oshirishimiz mumkin. Hech kim yengilmas bo‘la olmaydi, biroq bizda katta salohiyat bor”, deb aytmoqda Buskets.

Top