15:50 / 21.06.2015
1950

ShHT aksilterrorchilik strukturasi rahbari Interpol vakillari bilan uchrashdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qo‘mitasi delagatsiyasi Interpol ishchi guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tomonlar xorijlik terrorchilarga qarshi kurashish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Aytilishicha, aksilterrorchilik strukturasi delegatsiyasining tashrifi Interpol bosh kotibi Yurgen Shtokning taklifi bilan amalga oshirilgan.
Uchrashuv doirasida aksilterrorchilik strukturasi direktori Chjan Sinfen Interpol bosh kotibining maxsus vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muloqot davomida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining Yaqin Sharq va O‘rta Osiyodagi faoliyati, ularga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Top