10:35 / 21.06.2015
2053

Sochida Nemtsovga xotira taxtachasi qo‘yilishi taqiqlandi

Sochi shahar ma'muriyati qoshidagi toponimiya komissiyasi marhum muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsovga xotira taxtachasi o‘rnatilishiga ruxsat bermadi. Bu haqda “Taraqqiyot partiyasi” mintaqaviy bo‘linmasining sayti orqali xabar qilindi.
Aytilishicha, komissiya a'zolari o‘lim guvohnomasining, marhum qarindoshlaridan rozilik xatining, arxiv tarjimai holining, ko‘chmas mulk obekti egasidan rozilik xatining yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatishgan.
Shuningdek, komissiya xotira taxtachasiga tushiriladigan matnning uslubiga e'tiroz bildirishgan. Ular kurort shahridagi yodgorlik taxtasida “qabriston usuli”da yozish noo‘rinligini ta'kidlab o‘tishgan.
Bundan tashqari, komissiya, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, Nemtsovning vafotidan bir yil o‘tgandan so‘ng bunday murojaatni amalga oshirish kerakligini qo‘shib o‘tgan.

Top