20:34 / 22.06.2015
2365

“Aeroflot” Berezovskiyning merosxo‘rlaridan 110 mln dollar undirmoqchi

“Aeroflot - rossiyskiye avialinii” aviakompaniyasi kompaniyaning sobiq direktor o‘rinbosari Boris Berezovskiyning merosxo‘rlaridan 110 mln dollar undirmoqchi, deb xabar bermoqda “Aeroflot” direktori Vitaliy Savelev.

“Aeroflot” 10 yil davomida, Berezovskiy hali hayot bo‘lganda u bilan sudlashib kelgan. Kompaniya turli sabablarga ko‘ra Berezovskiy “Aeroflot”dan olib chiqib ketgan pullarni qaytara olmayotgan edi. Biz bir necha yil avval ushbu masala bo‘yicha da'vo arizasi bilan chiqqan edik. Bunda Rossiya Bosh prokuraturasining hissasi katta bo‘ldi. Biz o‘shanda hali hayot bo‘lgan Boris Berezovskiydan 57 mln dollar undirgan edik”, deb aytdi Savelvev 22 iyunda kompaniya aksionerlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdi.

Savelevning aytishicha, Berezovskiyning o‘limidan keyin Rossiya Bosh prokuraturasi Berezovskiyning 110 mln dollar atrofidagi aktivlarini hibsga olgan.

“Berezovskiyning o‘limi sababli bu masala unga tegishli merosning merosxo‘rlarga o‘tishi bilan bog‘liq ravishda cho‘zilib ketgan edi. Biz kamida 110 mln dollar undirishimiz kerak, shuning uchun bu merosga egalik qilishni boshlaydigan mulkdorlarni kutmoqdamiz va shundan keyin jarayonni yana davom ettiramiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Savelev.

Ayni paytda Rossiya sud nozirlari federal xizmatining alohida muhim ijro ishlab chiqarishi bo‘yicha maxsus boshqarmasi marhum Berezovskiy va u bilan birga bo‘lgan qarzdor jismoniy shaxslarsha nisbatan 3,2 mlrd rubl undirish bo‘yicha yig‘ma ish olib bormoqda. Ijro hujjatlari bo‘yicha bu pullarga “Aeroflot” kompaniyasi va Samara viloyati hokimiyati egalik qilishga da'vogarlik qilmoqda.

Top