20:36 / 22.06.2015
2501

“Parma” futbol klubi bankrot deb e'lon qilindi

Italiyaning “Parma” futbol klubi saytida klub bankrot deb e'lon qilindi.

Yaqin soatlarda klub vakillari Kreditlar va bankrotlik bo‘yicha qo‘mita bilan uchrashib, ushbu holat yuzasidan zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.

“Parma” keyingi mavsumni havaskorlar seriyasi D da o‘tkazadi.

“Parma” o‘tgan butun mavsum davomida moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazib keldi va hattoki chempionatdan chetlashtirilishiga ham yaqin turgan edi. Biroq shunga qaramay, klub mavsumni yakunlay oldi. Klub A seriyasida oxirgi o‘rinni egallab, bugungi kungacha V seriyasida qatnashish imkoniyatiga ega edi, biroq ikki karra UYeFA Kubogi g‘olibiga xaridor topilmadi.

Top