07:00 / 22.06.2015
3120

Amerika Kubogining chorak finalidagi juftliklar nomi ma'lum bo‘ldi

22 iyun kuni 2015 yilgi Amerika Kubogi musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi.

Guruhlarda birinchi (Chili, Argentina, Braziliya) va ikkinchi (Boliviya, Kolumbiya, Urugvay) hamda ikki eng yaxshi uchinchi o‘rinlar (Peru, Paragvay) sohiblari bo‘lgan 8 terma jamoa yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi. 

Oldindan belgilab qo‘yilgan grafik bo‘yicha juftliklar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Chili – Urugvay

Boliviya – Peru

Argentina – Kolumbiya

Braziliya – Paragvay

O‘yinlar 24-27 iyun kunlari davomida o‘tkaziladi.

Yarim finalda birinchi juftlik g‘olibi ikkinchi juftlik g‘olibi bilan, uchinchi juftlik g‘olibi esa to‘rtinchi juftlik g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Top